10 mart kuni soat 01.00 larda Yangier shahrining (Sirdaryo viloyati) A.Navoiy ko‘chasi 5/13-uyda yashovchi 49 yashar M.Kiseleva onasi – 67 yashar L.Gartung bilan janjallashib qoladi.
Ona-bolaning nizosi shu darajaga borib yetadiki, L.Gartungning qizi kampirning bo‘yniga pichoq tortib yuboradi. Oqibatda ona voqea joyida vafot etadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, ona-bola bungacha spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirgan bo‘lgan.