“ComedyUz” rezidenti Abror Baxtiyorovich 7 marta o‘qishdan haydalgan
MY5 telekanali orqali efirga uzatiladigan “Comedy UZ” loyihasi rezidentlari rahbari, qiziqchi Abror Baxtiyorovich “Sabo” gazetasiga bergan intervyusida qiziqchiligi uchun bir necha marta talabalar safidan chiqarilgani haqida hikoya qildi:
“Avlodimizda qiziqchi bo‘lmagan. Buni kasb sifatida tanlaganimda otam meni uydan ham haydab yuborgan. Boshida ‘Talabasan,faol bo‘lgin, jamoat ishlarida qatnashgin’, deganlar. Lekin aynan ‘Quvnoqlar va Zukkolar’da tayyorlanish jarayonlarida ko‘p dars qoldirganim uchun 7 marta institutning talabalar safidan chiqarib yuborishgan”.
Otasining ayni paytdagi qiziqchilikka munosabati haqida gapirar ekan:
“Hozir indamayaptilar yoki uyda xotinim bilan bolam bo‘lgani uchun qo‘llab-quvvatlayaptilar”,—dedi.
Ma’lumot uchun, Abror Abdurahmonov Toshkent davlat pedagogika universitetining tarix fakultetida tahsil olgan.