Canon butunlay qorong‘ulikda suratga oladigan kamerani taqdim etdi
Canon kompaniyasi butunlay qorong‘ulikda suratga olish imkoniyatiga ega bo‘lgan MH20F-Sh kamerasini taqdim etdi. Bu haqda Gizmodo nashri xabar tarqatdi.
Uning imkoniyatlari oddiy fotoapparatnikidan 7,5 baravar ko‘p bo‘lib piksel hajmi 19 mikronni tashkil qiladi. Bunday pikseldagi apparat tunda ham yuqori sifatda suratga olish imkoniyatini yaratadi. 2,26 megapiksel hajmli matrisa evaziga 1920x1080 hajmdagi videolarni olish mumkin bo‘ladi. 24, 30 va 60 FPS. ISO parametrlari bunda 4000000 gacha yetishi mumkin.
Kamera hajmi taxminan 10x10x10 sm, bo‘lishi kutilmoqda.
U xaridorlarga 30 ming dollarga tushadi.