Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Bugunning o‘zida 50 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzaldi

Qoraqalpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘ayib chiqdi.

Sog‘ayganlarning 2 nafari Toshkent shahridan, 13 nafari Qoraqalpog‘istondan (11 nafari Nukus shahridan  bo‘lsa, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 63 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan. 
Urganch shahar tibbiyot birlashmasidan 13 nafar, viloyat endokrinologiya dispanseridan 21 nafar, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 1 nafar, jami 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Xorazm viloyatidan ayni paytga qadar 10 nafar bemor butkul sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 45 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 407 nafarni tashkil etmoqda.


Manba:sof.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3992 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 50 nafar, tuzaldi, chalingan bemor, Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное