REKLAMA

«ORTGA QAYTISH
. MP3 va KLIP Izlash
Bugundan to‘y-hashamlar to‘g‘risidagi qaror kuchga kirdi


Bugundan (2020 yil 1 yanvar) boshlab, to‘y-hashamlarni tartibga solish haqidagi Senat va Qonunchilik palatasining qo‘shma qarori (yuridik jihatdan kuchi Qonunga teng) kuchga kirdi, deb yozmoqda Xushnudbek.uz telegram kanali.

Unga ko‘ra, tartib quyidagicha:

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar faqat bir kun (dafn etish marosimi bundan mustasno) soat 06:00 va 23:00 oralig‘ida o‘tkaziladi;

soat 23:00 dan keyin to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni davom ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi;

to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashadi;

qo‘shaloq to‘ylarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi mumkin;

dafn etish va motam marosimlari ko‘pi bilan uch kun mobaynida cheklanmagan miqdordagi fuqarolar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin, osh berish marosimi bundan mustasno;

to‘y o‘tkazuvchi shaxslar to‘ydan kamida bir hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini xabardor qiladi;

to‘y kortejlarida 3 tadan ko‘p bo‘lgan yengil avtomashinadan foydalanish taqiqlanadi;

to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda diniy mavzuda ma’ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu ma’ruza diniy tashkilotning vakolatli vakili tomonidan o‘qiladi;

milliy an’analarga yot, odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan turli shoularni, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan to‘ylar, oilaviy tantanalardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qo‘shimcha rasm-rusumlarni («kelin navkari», «chorlar», «ota ko‘rdi», «sep yoydi», «quda chaqirdi», «kuyov chaqirdi», «kelin chaqirdi», «tog‘ora yuborish», «pul sochish» va hokazolarni) o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi;

dafn etish va motam marosimlari bilan bog‘liq ortiqcha tadbirlarni («yetti», «payshanbalik», «yigirma», «qirq», «yil oshi», «pul tarqatish», «mato ulashish» va hokazolarni) o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi;

to‘yxona, kafe va restoranlarda 50 va undan ortiq shaxs ishtirokida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish uchun tadbir o‘tkazuvchi shaxs hamda to‘yxona, kafe va restoran rahbari o‘rtasida shartnoma tuziladi;

to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda san’atkorlar (xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, so‘z ustasi, fotograf va boshqalar) qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi.

to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda ikki nafardan ortiq xonandaning (guruhning) xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


Manba: "xabar.uz"
  Qo'shildi: 02.01.2020 | Ko'rib chiqildi: 2940

Reklama
. Qashqirlar Makoni Pistirma (Yangi qism)
. CHUQUR 2 MAVZUM (Yangi Qismlar)
O'xshash Yangiliklar
Nega Fikringizni bildirmaysiz? Izoh Qoldiring
Barcha Izohlar: 0
                 
Имя *:
Email:
Код *:
SAYT SMAYLIK KO'DLARI

Eslatma: Sayt xodimlari o'zlariga yoqmagan izohlarni faollashtirmaslik va ogohlantirmasdan o'chirish huquqiga ega. Izohlar haqida to'liq ma'lumot mana bu yerda (bosing)
MP3 va KLIP Izlash
MA'LUMOTLAR
. Qiziqchilar Askiyasi
 Komediya film va Seriallar HD
 Mobile Jingillar (Goodok)
BIZNING HAQIQIY PROFIL
                   
Saytimizda uchrayotgan xatoliklar, kamchiliklar va qo'shimcha takliflaringiz haqida Bu Yerda yozib qoldiring!
Biz bilan aloqa | A'zo bo'lish