Braziliyaning "Shapekoense" klubi uchib ketayotgan samolyot halokatga uchradi
Ushbu jamoa Kopa Sudamerikana (Yevropa ligasi analogi) finaliga uchib ketayotgan edi. Uchrashuv Kolumbiyaning Medelin shahrida bo‘lishi rejalashtirilgandi. Ikkinchi finalchi "Atletiko Nasonal" ushbu voqeaga "Tvitter" orqali o‘z munosabatini bildirdi.
"Aviahalokat tufayli "Nasonal" "Shapekoense"ga hamdarlik bildiradi" - deyiladi "Atletiko Nasonal" xabarida.
Uchrashuv boshqa muddatga qoldirildi.
Hozircha aviahalokat haqida aniq ma’lumotlar yo‘q, ammo turli manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra tirik qolganlar mavjud.
Globo"ning xabar berishicha, samolyotda 72 nafar yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan