Bosh Vazirning Virtual qabulxonasiga umumiy murojaatlar soni 70 mingdan oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga murojaatlar soni tobora ortib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi rasmiy sahifasida xabar qilindi.
Virtual qabulxona faoliyati 2016-yil 24-sentabr kechki payt boshlangandan keyingi birinchi haftada o‘rtacha kundalik murojaatlar soni 1 000 tadan ortgandi. Ikkinchi haftada o‘rtacha kundalik murojaatlar soni 2 000 tadan oshdi.
Uchinchi haftada esa o‘rtacha kundalik murojaatlar soni 3 000 tadan ortdi. To‘rtinchi haftani oxirida kundalik murojaatlar soni 4000 tadan ko‘paydi.
22-oktabr, shanba kuniga kelib umumiy murojaatlar soni 70 mingdan oshdi.