Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Bosh vazir: “Hammamizning borar joyimiz bir!”


“Bir paytlar mahalla raislari eshik taqillatib kelardi: Somon, andava, chelak olib chiqinglar, qabristonlarda hashar qilamiz. Hozir qaysi mahalla raisi shunaqa deb yuribdi. Hammamizning borar joyimiz bir. Bu oddiy haqiqatni yoddan chiqarishga hech kimning haqqi yo‘q”, deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 14 avgust kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishadi.

Hukumat rahbari umumxalq xayriya hashari xalqimizning azaliy qadriyat, urf-odati ekanini aytib, buning yoshlar tarbiyasida ahamiyati katta ekanini takror va takror ta’kidladi:

“Hashar kunlari jiddiy e’tibor qaratishimiz kerak bo‘lgan yana bir muhim masala – bu qabriston va ziyoratgohlarning tozaligi masalasidir.

Hashar kunlari mahalla vakillari jamoatchilikni faol jalb etgan holda muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlarni hamda ularga yondosh ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari tashkil etsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Qabristonlarni, muqaddas qadamjolar va ziyotargohlarni obod etish – xalqimizning eng oliy fazilati ekan, bu savobli ishga o‘ta jiddiy yondashishlaringizni so‘rayman”.

Bosh vazir qabristonlarni hayit kuni emas, balki bayramgacha tozalab, obod qilish kerakligini aytarkan, Farg‘onadagi xunuk holatga to‘xtaldi.

“Internetda Ahmad al-Farg‘oniy haykali ortidagi rus xristianlari mozori suratlarini ko‘rdim. Mozorda obodonlashtirish ishlari olib borilmagan, qabrlar nurab yotibdi.

Avvallar ham Rossiya bilan do‘st edik. Lekin rasmiy tashriflar yakuniga yetgach, hamma ish ortga ketardi. Hozir bunday emas-ku. Do‘stlik aloqalari, oldi-berdimiz kun sayin rivojlanyapti. Bu qabristonlarni ham hashar yo‘li bilan tozalab, obod qilishimiz kerak. Yana bir bor aytaman: hammamizning boradigan joyimiz bir. Qolaversa, qabristonlardagi obodlik xalqning, millatning ma’naviyatini yaqqol ifoda etadi”.

Bosh vazir bu mavzuga uzoq to‘xtalarkan, Muhammad (S.A.V.) davridagi bir voqeani yodga oldi.

“Payg‘ambarimiz Muhammad (S.A.V.) sahobalari bilan o‘tirganlarida yonlaridan yahudiylarning tobutini ko‘tarib o‘tib qolishadi. Payg‘ambarimiz o‘rinlaridan turadilar. Shunda u kishidan nega turganlarini so‘rashadi. Muhammad (S.A.V.) esa “Bu ham inson, bu ham Yaratganning yoniga ketyapti”, deb javob qaytaradilar.

Men Farg‘onadagi qabristonni ko‘rib, ranjidim. Aslida bu mahallalarning ishi. Mahalla raislari bosh bo‘lib, xilxonalarni obodonlashtirishga chorlashi kerak”, deydi Abdulla Aripov.

Qamariddin Shayxov,
“Qalampir.uz” internet nashri rahbari



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3509 | Рейтинг: 0| Рейтинг: “Hammamiz, bosh vazir, borar, joyimiz bir
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное