Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Bolakayning burjiga qarab, qiziqishlarini aniqlaymiz!




Balet, shaxmat–shashka, karate, futbol, mohir qo`llar to`garagi – farzandim, ham aqlan, ham jismonan rivojlansin degan ota-onalar uchun bugun tanlov imkoniyati keng. Shunday bo`lsa-da, aynan bolakayning xarakteriga mos keladiganini topish hamisha ham oson bo`lavermaydi. Ruhshunoslar, kichkintoyning burjiga e`tibor berilsa, unga ma`qul keladigan sport turi va adabiyotlar bilan do`stlashishiga erishish mumkin deyishadi. Nima dedingiz, mutaxassislarning maslahatini sinab ko`ramizmi?

Kichkintoylar uchun mos keladigan mashg`ulotlar haqida tanishtirishdan avval bolalar xarakterini to`rt asosiy guruhga bo`ldik. Diqqat qiling, sizning bolajoningiz aynan qay birida?

 

Sangvinik bolakay

O`ta harakatchan, qiziqishlari tez o`zgaruvchan, aqliy va jismoniy mehnat talab etilmaydigan mashg`ulotlarni afzal biladigan kichkintoydir. Bunday bolalarni jamoa bo`lib ishlashga o`rgatish lozim.

 

Javzo

Farzandingiz «Javzo» burjida tug`ilgan bo`lsa, uy jihozlarini ko`paytirmaganingiz ma`qul. Negaki, sho`x, harakatchan va mahmadona bolakay, erga ursa ko`kka sapchiydigan xilidan. Bunday bolalarning tasavvuri boy, fikrlash qobiliyati esa yaxshi rivojlangan bo`ladi. Dars tayyorlayotganda ko`proq tasvirlash va ifoda etish usullariga tayansangiz adashmaysiz.

Mutolaa: sarguzasht ishqibozlari bo`lgan «Javzo»lar uchun «Maugli», «Uch mushkityor» kabi jahon adabiyotining durdona asarlarini o`qib bering.

Sport: tennis, engil atletika, suzish va masofaga yugurish – ushbu sport turlari harakatchan bolakay uchun ayni muddao.

 

Asad

Mazkur bujrda tug`ilgan bolakaylar hammaning diqqat markazida bo`lishni yoqtirishadi. Biroz qaysarligini aytmasa, o`ziga yarasha ko`ngilchandirlar. «Asad»lar teatr, raqs yoki adabiyot to`garaklarida iqtidorini yanada shakllantira oladi.

Mutolaa: «Hazinalar oroli», «Shahzoda va qashshoq» kitoblari va «Narniya yilnomasi» filmi farzandingizning xarakteriga ko`ra munosib tanlovdir.

Sport: epchillik va ziyraklik qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi jamoaviy o`yinlar, basketbol, voleybol, xokkey to`g`risida o`ylab ko`ring.

 

Aqrab

Kichikligidan etakchi bo`lishga odatlangan «Aqrab»lar bir ishni boshladimi, albatta, oxiriga etkazadi. O`yinchoq o`ynashiga e`tibor bergan bo`lsangiz, hech birini o`lda-jo`lda qoldirmasligini ko`rgandirsiz. Farzandingiz uning fikri va istaklari bilan hisoblashishlarini xohlaydi. Sevimli guruhining konsert dasturi yoki o`zi tanlagan biror film tomoshasi undagi intiluvchanlik qobiliyatini yanada rag`batlantiradi.

Mutolaa: xayolan osmono`par binolar qurishni, Oyga parvoz etishni yoqtirgan bolakay uchun Xans Kristian Andersen ertaklari, Frensis Bernettning «Kichik malika» kitobi hamda «Garri Potter» sarguzasht filmining tomoshasi tavsiya etiladi.

Sport: energiyasi mo`l bo`lgan «Aqrab»larni masofaga yugurish, velosiped minish, voleybol kabi sport turlari bilan qiziqtirishingiz mumkin. Qizaloq «Aqrab»larni esa milliy raqs va balet, badiiy gimnastika, figurali uchish yoki suzish mashg`ulotlariga jalb qilsa ko`rsa bo`ladi.

 

Qavs

Bu burjda tavallud topgan farzandingiz cheklovlarni yoqtirmaydi. Erkinligini chegaralasangiz darrov achchig`i keladi. Maroq bilan rasm chizadi, maktabdagi turli tanlovlarda ishtirok etadi, biroq bir joyda o`tirolmaydigan odati bor. Ya`ni bir xillikdan tez zerikadi.

Mutolaa: «qavs» bolakay uchun kitob jovoningizda «Alisa mo``jizalar mamlakatida», «Zumrad mamlakat sehrgari», «Piter Pen va Vendi», «Qiyshiq ko`zgular mamlakati» kabi asarlar mos keladi.

Sport: mazkur burjda tug`ilgan o`g`il bolalarni futbol, voleybol, basketbol kabi sport seksiyalariga yo`naltirish ayni muddao. Qizaloqlarga esa badiiy gimnastika, suzish va tennis tavsiya etiladi.

 

Flegmatik bolakay

Rangli boshqotirmalar, terma o`yinchoqlar, konstruktor, musiqali, rangli kitobchalarni yaxshi ko`radi. O`ziga tegishli bo`lgan narsa–buyumni ehtiyotlab ishlatadi. Tartibli, har bir so`zini o`ylab gapiradi. Uni tinglab, «Kap-katta odamni kichkina qilib qo`ygandek» deysiz.

 

Savr

Soatlab o`yinchoq o`ynashni yoqtiradigan, rasm chizish, qo`lda yasaladigan origami yoki kulolchilik mashg`ulotlari «Savr» bolalarning jonu dili. Bu kichkintoylarga shoshqaloqlik begona. Agar bo`yaladigan kitobchani varoqlashni boshlashsa, bu mashg`ulot bir necha kunga ham cho`zilishi mumkin. Farzandi «Savr» burjida tug`ilgan ota–onalar, bolakayning nutqini rivojlantirishga ahamiyat berishlari lozim.

Mutolaa: biroz tortinchoq farzandingizga «Etik kiygan mushukcha», «Robinzon Kruzo» kabi kitoblarni hadya eting va unga shart qo`ying. O`qiganini sizga so`zlab bersin.

Sport: ijodkorlik kayfiyati yuqori bo`lgan «Savr» bolakaylarni sport bilan do`stlashishlari biroz qiyinroq. Shunday bo`lsada, badiiy gimnastika, muz ustida chang`i uchish, masofaga yugurish va suzish to`garaklariga olib borishdan erinmang. Tanlovni esa o`ziga qoldiring. Qay biri haqida ko`proq gapirsa, demak, o`sha sport turiga qiziqishi bor.

 

Sunbula

Hozirjavobligi, har qanday mavzu yuzasidan o`z qarashlariga ega ekanligi bilan ajralib turuvchi «Sunbula»lar, mantiqiy savollar, boshqotirmalar va matematik tenglamalarga qiziqishadi. Aqliy salohiyatini rivojlantirishni istasangiz, bahs-munozarani keltirib chiqaruvchi, vaziyatga qarab ish ko`rishni talab etuvchi o`yinlardan foydalaning.

Mutolaa: «Oltin kalitcha yoxud Buratinoning qiziqarli sargushatlari», «Bilmasvoy oyda», «Uch bahodir» kabi ertaklar farzandingizga manzur keladi. Ulg`aygach esa dramatik asalar bilan tanishtirishingiz mumkin.

Sport: injiq, kezi kelganida «Meniki to`g`ri» deya so`zida  turib oladigan «Sunbula»lar badiiy gimnastika va figurali uchish sport turlarida yaxshi natijalarni qo`lga kiritishlari mumkin. Ziyraklikni rivojlantirishda esa tennis, qilichbozlik, voleybol, ot sporti mos keladi.

 

Jadiy

Bajarilgan topshiriq uchun rag`bat olish, maqtov eshitish istagi «Jadiy»larning tabiatiga xos. Anglaganingizdek, ushbu burj kichkintoylarini biror nimaga qiziqtirishni xohlasangiz, shirin so`zingizni ayamay, biroz mug`ombirlik qilishingizga to`g`ri keladi. Tanqid, tanbeh va boshqalar bilan solishtirishni esa yaxshisi unuting. Bunday munosabat bolakayning qanotini qayirib, atrofidagilarga nisbatan norozilik kayfiyatini paydo qiladi

Mutolaa: aqlli, kuzatuvchan «Jadiy» «Kapitan Vrungel sarguzashtlari», «Bilmasvoy oyda» kabi sarguzasht asarlarni maroq bilan o`qiydi. «Garri Potter» fimi esa fe`liga xos jiddiylikni salgina yumshatib, tasavvurining boyishiga imkon yaratadi.

Sport: oldiga qo`ygan maqsadi sari  dadil odimlaydigan farzandingiz sportning har qaysi turida o`zini topoladi. Basketbol, chang`i uchish, tramplindan sakrash, suzish mashg`ulotlariga ko`proq e`tibor qiling, ular bolakaydagi diqqatni jamlash qobiliyatini rivojlantiradi.

 

Melanxolik bolakay

Ta`sirchan, jahli burnining uchida turadigan, ammo kek saqlamaydigan melanxolik kichkintoylar tanqidni ko`tara olishmaydi. Musiqa tinglash, rasm chizish, she`r yodlash kabi «yumush»larini kulguga olishingiz ham noto`g`ri. Kim biladi deysiz, ehtimol farzandingiz katta shoir yoki san`atkor bo`lar? Yaxshisi, uning qiziqishlarini hurmat qiling va iqtidorini rivojlantirishda yordamingizni ayamang.

 

Saraton

Ushbu burjda tug`ilgan bolalarda boshqalarning fikriga quloq solish, ikkilanish kayfiyati ustunlik qiladi gohida. Agar farzandingiz «saraton» bo`lsa, asosiy vazifangiz bolaning o`ziga bo`lgan ishonchini oshirish va mustaqil harakatlanishiga o`rgatish ekanligini yodda tuting.

Mutolaa: «Kichkintoy va Karslon», «Kuloyim», «Shox Saltan haqida ertak», «Sohibjamol va mahluq», «Uyqudagi malika va etti gnom» kabi kitoblarni o`qib bering-da, ular asosida suratga olingan multfilm disklaridan sovg`a qiling.

Sport:  qizaloqlar uchun badiiy gimnastika, suzish sport turlari tavsiya etiladi. Pahlavonlar esa futbol, basketbol, karate kabi seksiyalarga yozilishlari mumkin.

 

Mezon

Ko`ngilchan, e`tiborli «mezon»lar g`irromlikni yoqtirishmaydi. Do`st tanlashda ichki hissiyotlariga tayanishsada, ko`pincha pand eyishadi. Bu esa bolaning ruhiy muvozanatiga ta`sir etmay qolmaydi. Dilbandingizda ayni shu jihatlarni ko`rayotgan bo`lsangiz, u bilan ko`proq suhbatlashing, ziyraklikni rivojlantiruvchi o`yinlarga murojaat qiling.

Mutolaa: «Chippolino», «Oliver Tvist sarguzashtlari», «Doktor Voyjonim» kabi ertak kitoblari, qaroqchilar haqidagi kichik hikoyalar farzandingizni qiziqtirishi kerak.

Sport: kurash, boks, xokkey–og`ir–bosiq «mezon»lar uchun mos kelmaydi. Futbol, voleybol, basketbol, tennis, badiiy gimnastika va ot sport turi esa eng ma`qulidir.

 

Hut

Ertaklar olamida yashovchi mazkur burj bolakaylari, atrofni yorqin ranglarda, beg`ubor nigohlari bilan tasavvur etishadi. Biroz xayolparast ekanliklari ham bor. Gap desa qop-qop degan ibora ham aynan ular haqida. Ular xursand bo`lishsa ham, ranjishsa ham albatta aytishadi. Shunisi bilan ular «hut»da. Shoshib xulosa chiqarish odatini tarbiyalayman desangiz, farzandingiz bilan ko`proq muloqot qiling, hikoyalar so`zlab bering.

Mutolaa: «Jonivorlar haqida ensiklopediya», «Bronzadan yasalgan qush», «Malikai Oliya» kabi ertaklar to`plami, quvnoq poezdchalar haqidagi multfilmlar xayolparast «hut»ga foyda bo`ladi.

Sport: sinxron suzish, tennis, voleybol, velosiped minish kabi mashg`ulotlarga qiziqtirib ko`ring. Agar birortasini ham tanlamasa, sog`lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar kursiga olib boring.

 

Xolerik bolakay

Tabiatan quvnoq, bo`sh qolishni yoqtirmaydigan, harakatchan va qiziquvchan bu bolalar musiqa, tasviriy san`at, haykaltaroshlik, kulolchilik kabi mashg`ulotlarda yaxshi natijaga erishadilar. Yana ularda aktyorlik qobiliyati ham bor.

 

Hamal

Ushbu burjda dunyoga kelgan kichkintoyning fe`li shunday, u hamisha va har bir ishda birinchi! Kubiklardan uy qursa hammanikidan baland, she`r yodlasa, rasm chizsa ortig`i bilan bajaradi. Raqobatdan cho`chimaydigan, aksincha, musobaqalashish kayfiyatidan zavqlanadigan bu bolalarni to`g`ri yo`naltirib turish kifoya. Qolganini o`zlarini eplashadi.

Mutolaa: tinib–tinchimas «hamal» bolakay uchun «Tom Soyer sarguzashtlari», «Garri Potter» kitoblari, tarixiy hikoyalar, kichik sarguzasht asarlar ma`qul keladi.

Sport: voleybol, futbol, basketbol, suzish, engil atletika, badiiy gimnastika – farzandingiz har qaysisida yaxshi ko`rsatkichlarga ega bo`loladi. Chunki u o`zidagi tug`ma etakchilik qobiliyatini yaxshi biladi.

Dalv

Yozuvchi, bastakor, musiqachi, o`qituvchi bu – dalv burjida tug`ilgan bolakaylarning kelajakdagi taxminiy «obraz»lari. Tabiatan muloyim, ammo ushlagan joyidan qo`ymaydigan bu mittivoylarni kayfiyati ko`proq atrofidagi insonlar, do`st-dugonalariga ham bog`liq bo`ladi. Ichki hissiyotlarini ko`pam oshkor qilaverishmaydi. Ammo so`roqlashingizni kutishadi.

Mutolaa: «Chuk va Gek», «Alisa mo``jizalar mamlakatida», «Transformerlar» kabi ertak va hikoyalar to`plamiga e`tibor qiling. Ular bolakayga manzur bo`ladi.

Sport: jismonan chiniqishi uchun voleybol, engil atletika, tennis, suzish mashqlari mos keladi. Istagiga ko`ra shaxmat–shashga to`garagiga ham berishingiz mumkin.

Samira tayyorladi


Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 6881 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Burj
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
OTASH-92 %)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное