Bola tug‘ish uchun 15 ta shifokorni sarson qilgan Lola
Xonanda Lola Yo‘ldosheva “Instagram” sahifasida qizalog‘ining dunyoga kelish jarayonini tasvirlab berdi: “Ertalab rejalashtirilgan keserovo operatsiyasi belgilandi. Hayotimdagi eng kutilgan kunlardan biri. To‘qqiz oy davomida har kuni chaqalog‘im bilan xayolan gaplashdim va shu kuni hamma narsa mukammal bo‘lishini xohladim… Qo‘rquv, hayajon va vahima yo‘q. Operatsiyadan bir kun oldin men to‘yib uxladim. Ertasi kuni erim bilan bayramona kayfiyatda kasalxonaga bordik! * * * 11.00 da meni operatsiya xonasiga olib kirishdi. Atrofimda 15 kishi parvona: anesteziolog, hamshiralar, akusher-ginekologlar, assistentlar, neonatologlar brigadasi, fotograf! Ha, operatsiya davomida mo‘’jiza paydo bo‘lishining birinchi sehrli daqiqalarini suratga muhrlovchi fotograf ham biz bilan birga edi. Menga og‘riqsizlantiruvchi dori berildi. Operatsiya boshlandi. Bu vaqtda erim ham yonimda, qo‘limni ushlab, hatto hazil qilishga urinadi va shunday pichirlaydi: «Hammasi yaxshi, hamma narsa yaxshi». Mening ko‘z yoshlarim esa allaqachon daryo bo‘lib oqa boshlagan. 11.57. Chaqalog‘imning ilk yig‘isini eshitdim! Yuragim hapriqib ketdi! – Qiz tug‘ildi! Sizni tabriklaymiz! – deyishdi vrachlar. – Uni ko‘rsating! U sog‘-omonmi? U salomatmi? – deb tinimsiz so‘ray boshladim! – A’lo darajada! Vazni 3,640 kg. «Salom qizaloq! Men sizning onangizman! Bu yorug‘ olamga xush kelibsiz!» Lola Yo‘ldosheva