Bola pulini olish uchun endi elektron ariza taqdim etish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining yangi xizmati ishga tushdi.
Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portalida ishga tushgan yangi xizmat bola tug‘ilganda bir martalik nafaqa tayinlash masalasini qisqa muddatlarda hal etish imkonini yaratadi.
Buning uchun onlayn tarzda ariza yo‘llash kifoya. Xizmat bepul ko‘rsatiladi.