Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. TisMarHan-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Efir Sirlari - Piano Version
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Soundtreck-Великолепный Век
. Klon-soundtreck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Qish Sanatasi - Soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Bojalar Jahongir Poziljonov 1-iyun haqida

Bojalar Jahongir Poziljonov 1-iyun haqida: -Bu kunni albatta, quvonch, xursandchilikda o'tkazamiz! Bu kunning o'ziga xosligi shu kuni hovli o'rtasiga basseyn o'rnatamiz! Chunki, 1 iyun yozning birinchi kuni ham! Farzandlarimning hammasi xursandchilikni yaxshi ko'rishadi! Ularning hammasi ijodkor, qo'shiqlar yodlab, kuylashadi. Ba'zida ishdan kech qaytganimda ham, yoki kunduz kunlari vaqtim bo'lganida ular bilan birga o'tirsam, ahamiyat beraman, ijodga qiziqishlari katta! Birga o'tirganda men bilan birga kuylashadi ham. Kichik o'g'lim ko'proq men bilan birga vaqt o'tkazgisi keladi, katta o'g'lim esa aksincha, “men bilan ishxonaga birga borasanmi?” desam, “yo'q” deydi. (samimiy kulib) Bu vaqtda kichigi “meni olib keting” deb turadi! Katta o'g'lim, men hovlida daraxtlarga qarab, shoxlarini kesib, erlarni chopib, hovliga qarasam, kuzatib, kutib turadi. Men ketganimdan keyin, erlarni battar chopib, hammayoqni buzib, shoxlarni kesib qo'yadi! (kuladi) Dehqonchilikka, ko'proq bog'ga qarashga juda qiziqadi! Kichik o'g'lim esa, doim hovlida velosiped haydab yuradi! Katta qizim ham velosiped haydashga qiziqadi. Qolaversa, hozir onasiga yaxshigina yordamchi bo'lib qolgan! Kichik o'g'limni ko'proq ishxonaga olib boraman. Kichik qizim hali kichik bo'lsa ham, hovliga chiqishni yaxshi ko'radi, hovliga chiqmasa, janjal qiladi! Xullas, hammasi quvnoq va o'ziga yarasha sho'x! 1 iyun rafiqamning ham tug'ilgan kuni, shu kuni uning ko'nglini olishga harakat qilaman! Lekin, ba'zida uyda bo'la olmay qolaman. O'zi 1 iyun bayram kuni bo'lganiga, uyda bo'lish ham qiyinroq. Ammo, baribir bu kunning shukuhi o'zgacha! Butun dunyodagi bolajonlarni bu ajoyib kun bilan tabriklayman! Kulishdan, xursandchilikdan hech qachon to'xtashmasin! Hammalariga baxt, omad hamisha yor bo'lsin!
Saida Vaxobova Feruza Fattoxova 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4177 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Don9498 Atganiz kelsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное