Bemorning oshqozonidan 152 dona temir buyumlar olib tashlandi
Buryatiyalik shifokorlar 74 yoshli bemorning oshqozonidan ko‘plab mix, bolt va temir parchalarini olib tashlashdi.
Bemor kasalxonada davolanganidan keyin harorati tushmagan. Shunda shifokorlar tekshirib ko‘rishganida, uning oshqozonida juda ko‘p miqdorda yot jismlar borligini aniqlashgan.
Shifokorlar bemorning oshqozonidagi yot jismlarni ko‘rib hayron qolishgan, chunki uzun mixlar, yirik boltlar, eshik shpingaleti, armatura parchasi va 925 foizli kumush zanjirdan iborat, jami 152 dona temir buyumlarni chiqarib olishgan.
Bularning ba’zi birlari zanglay boshlagan. Bu buyumlar bemorning oshqozonida qancha vaqt davomida bo‘lganini, uning o‘zidan boshqa hech kim bilmaydi. Eng qizig‘i, bemorning tomog‘i, ichaklari hamda oshqozon devorlari umuman jarohatlanmagan.