Bekobodda ayol turmush o‘rtog‘ini pichoqlab qo‘ydi
Joriy yilning 11 dekabr kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi O.X. uyida rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i R.B.(ismli ayol) bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida O.X. uni bo‘g‘ib, yuziga qo‘li bilan urgan vaqtida R.B. uning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, natijada O.X. kasalxonaga yotqizilgan. R.B. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.