Bexruz Tohirov “Yolg‘izlar” filmi uchun saundtreck kuyladi
Umidli xonanda Bexruz Tohirov nafaqat yangi qo‘shiqlar yaratish bilan balki kino sohasida ham o‘z mahoratini namoyin etish istagida o‘z ustida ishlab, izlanishlar olib bormoqda. Yaqindagina u “Yolg‘izlar” nomli filmda ishtirok etgan edi. U tez kunlarda katta ekranlarga chsiqish arafasida bo‘lgan mazkur film uchun saundtrek kuyladi. Sarvar va Komil bilan hamkorlikda yaratilgan bu qo‘shiq bugun yurtimizning yetakchi radioto‘lqinlari uzra jarang sochdi. Tinglovchilar tomonidan iliq kutib olingan saundtrek muxlislarni befarq qoldirmay, tomoshabinlarning filmga bo‘lgan qiziqishini orttiradi degan umiddamiz. Marhamat. Tomosha qiling. Eslatib o‘tamiz, ushbu filmda bosh rollarni Sevara Soliyev, Shavkat Komilov, Shahlo Temirova, Bexruz Tohirov va boshqalar ijro etgan.