Ayshvariya va Abxishek Bachchan yana farzand kutishmoqda
Ayshvariya Ray va Abxishek Bachchan to‘ylarining 5 yilligini o‘z uylarida oila davrasida nishonlashdi.
Ularni birinchi bo‘lib, Amitabh Bachchan qutladi. Bachchan o‘g‘li va keliniga iliq tilaklarini izhor etdi.
Ayshvariya va Abxishek bundan 5 yil oldin oila qurishgan edi. Avvaliga Abxishek ushbu kunni qizi va rafiqasi davrasida uyidan uzoqda nishonlash niyati borligini aytgan edi. Keyin esa juftlik bu sanani eng yaqin insonlari davrasida nishonlashga qaror qilishdi.
Ayshvariya yana bir farzand kutayapti, degan mish-mishlar ham tarqaldi.