Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 19 aprel kuni soat 16.00larda, Birlik mahallasi Sharq ko‘chasi 89-uyda yashovchi, 1967 y.t. V.Kardapolsev mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i, 1971 y.t. Ye.Kardapolsevaning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada Ye.Kardapolseva kasalxonaga yotqizilib ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. V.Kardapolsev qo‘lga olingan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.