Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Im Loving You
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Pazanda - Soundtrack
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Ayollik nomiga dog‘ tushirdim…


— Men bugun sevimli gazetamning muxlislariga o‘z hayotimni so‘zlab bermoqman. Toki menga o‘xshaganlar xato yo‘lda bo‘lsa, ko‘zlarini ochsin. Ona, ayol degan nomga dog‘ tushirmasin. Yigirmaga to‘lganda kaminaga oq libos kiyish nasib etdi. Baxti butun kelinchak bo‘lib, yon qo‘shnimiz Azim muallimning suyukli keliniga aylandim. Kunora ularnikiga kirib-chiqib yurganim uchun bu oilaning muhitini oldindan bilardim. Tinch-totuvligi, oila a’zolarining bir-biriga mehribonligidan quvonardim. Onam doim meni shu oilaning o‘g‘liga uzatishni xohlardi. Bir necha bor Marziya folbinning uyiga qatnab, Azim muallimning xotini Nurxon xolani yo‘qlagan edi, o‘z oyog‘i bilan sovchilikka yugurib keldi. Kimlarningdir ichi kuydi, kimlardir hayratini yashirmadi. Nurxon xolani yo‘ldan urmoqchi bo‘lganlar ham bo‘ldi, biroq u xuddi ko‘zlari ko‘r, qulog‘i kar odamday ortga qaytmadi, hatto erining ham ra’yiga qaramadi. Chunki onam Nurxon xolaning g‘irt teskarisi, salga jahli chiqadigan, tili chaqqon, uncha-munchani nazariga ilmaydigan, agar birov bilan jiqillashib qolsa, har qanday yomonlik qilishdan qaytmaydigan ayol edi. Onam menga Nurxon xolaga mehribon bo‘lishimni tayinladi. Xullas, bir yilcha ularning ishlariga qarashib turdim. To‘ydan keyin ham bu oilaning kamsuqumgina odatlariga moslashishga harakat qildim. Qaynsinglim Roziya uzatilib ketganidan keyin ro‘zg‘or yumushlari o‘zimga qoldi. Men qaynota-qaynonamning hurmatini joyiga qo‘yib, baxtli yashab yurgan bo‘lardim, biroq onam meni yo‘ldan urdi. U asta-sekin gap o‘rgatib, alohida ro‘zg‘or tutishimni, meni alohida uyga chiqarishlarini istadi. Xullas, oradan ikki yil o‘tmasdan yuzimdagi hayo pardasi ko‘tarildi, shiringina oilam darz ketdi. Men hammaning yuziga tik qaraydigan, hurmatsizlik qiladigan odat chiqardim. Oddiy gapga arazlab ketish hollari men uchun odatiy holga aylandi. Onamning gap o‘rgatishlari ham, qaynonamning injiqliklari ham, erimning tergab turishlari ham, nihoyat, jonimga tegdi. Onamning uyini ham, kelinlik uyimni ham butunlay tark etib, shaharga ketib qoldim.

Menga erkin hayot kerak edi. O‘zimga xon, o‘zimga bek bo‘lib yashamoqni ko‘ngil tusardi. Shahardan topgan dugonam Hilola bilan kelishib, savdo-sotiq ishlarini yo‘lga qo‘ydim. Biznes shunchalar zo‘r ekanki, jaraq-jaraq pul topib, kechasi bilan shaqillatib pul sanab, o‘zingni qo‘yarga joy topolmay qolarkansan. «Ahmoqday ikki bukilib, birovlarga choy uzatib yurgan ekanman», deb o‘yladim. Toshkentdan olingan arzon kiyim-kechaklarni o‘zimizning bozorda yaxshigina pulga sotardim. Qo‘lim mo‘maygina pul ko‘rdi. «Pul ayolni yo‘ldan ozdiradi, qing‘ir-qiyshiq yo‘llarga boshlaydi», deyishsa ishonmasdim. Men iblisga sherik bo‘ldim. Avvaliga ichadigan, undan so‘ng chekadigan odat chiqardim. Pulim kundan-kunga ko‘payib borar, men esa bosar-tusarimni bilmay qolgandim. Atrofimda laganbardorlik qilayotgan erkaklarni ko‘rganimda o‘zimni xuddi malikalarday his qilardim. Olis qishloqda o‘sganimni, bir vaqtlar kelinlik libosini kiyganimni, ziyoli oilaning kelini bo‘lganimni, kelishgan, o‘qimishli yigitning halol rafiqasi sifatida izzat-ikrom ko‘rganimni unutdim. Aslida, uning e’zozu ehtiromi haqiqiyligini soxta erkalashlar jonimga tekkanida angladim. Anglaganimda kech bo‘lgan edi. O‘shanda men giyohvandlikka mukkasidan ketgan, bu esa kundalik ehtiyojimga aylanganib ulgurgandi. Men endi bu yo‘ldan qaytolmasdim. Onam mendan voz kechgan, akalarim uchratib qolsa, burda-burda qilib tashlashga tayyor edi. Keyinchalik onam mening mana shunday sayoq yo‘lni tanlaganimga o‘zini aybdor qilib yig‘ladi. Chunki bizning oilada otaning o‘rni yo‘q edi. Onam yuvoshgina otamni har ko‘yga solardi. Men ham erimni o‘z yo‘rig‘imga yuritishimni istadi, biroq taqdir meni boshqa yoqqa yetaklab ketdi. O‘zim bilmagan, tasavvur qilmagan, hatto xayolimga sig‘dirolmagan jirkanch hayot, zimiston dunyoga boshladi. Bu olamda qarindoshlik rishtalari yo‘q, ayniqsa, onalik tuyg‘usidan nom-nishon yo‘q ekan. Tangri meni siylab, menga qo‘l-oyog‘i butun bolani nasib qildi. Agar uni hamma onalar kabi tarbiyalab katta qilganimda, erta qariganimda suyanchiq bo‘larmidi?! Biroq menday giyohvand ona o‘sha paytda ertani o‘ylaydigan holatda emasdi. Boshqa onalardek dilbandimni bag‘rimga bosmasdan tirnoqqa zor bir oilaga farzandlikka berdim-u, qo‘shni shaharga ayshimni surgani ko‘chib ketdim. Endi odamlarni aldab, pulini oladigan darajada ustamon firibgarga aylandim. Bunday hayotning oxiri panjara ekanligini bilardim, biroq qaytmasdim. Qaytishni istamasdim. Mana, hozir panjara ortidaman. Yomon odatlarimni tashladim, ko‘zlarim ochildi, biroq juda kech…

SALIMA, Buxoro viloyati

«Hordiq plyus» gazetasidan




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 13440 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: dog‘ tushirdim, Ayollik nomi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Sultonbek2018 :( :( afsus.
Like | 0
sabinAA hozr nechchi yoshdasz?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное