Kecha, 8 mart kuni Xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan Moskvaning “Izmaylovo Concert Hall” saroyida nihol mukofoti sovrindori Lola Yo‘ldoshevaning katta konserti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda xonanda o‘zining Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, konsert boshlanishidan bir soat avval zalning kirish qismida tashkil qilingan o‘zbek milliy qo‘shiqlar sadosi ostida muxlislar raqsga tushishgan.
Rossiyadagi ko‘pchilik o‘zbekistonliklar turli shaharlardan ataylab shu konsert uchun kelishganini aytishgan.
Konsert boshida Lola barcha ayollarni 8 mart xotin-qizlar bayrami bilan tabriklab, ularga baxt-saodat, mehr-muhabbat tiladi.
Lola konsertda muxlislari uchun kuylashini aytib, quyidagilarni ma’lum qilgan:
“Azizlarim, sizlarga bo‘lgan mehrimni, muhabbatimni, sog‘inchimni qo‘shiqlarim orqali hadya etmoqchiman. Bugun hamma qo‘shiqlarim faqat sizlar uchun”.
Konsertda Lola o‘zining eng sara xit taronalari muxlislarga tug‘fa etdi: ulardan “Muhabbatim”, “Qaytmaydi”, “Bilmaysan” nomli qo‘shiqlar bilan muxlislarni hushnud etdi.
Qo‘shiqlarini ko‘pchilik muxlislar yoddan aytib, qo‘shiqchi bilan birgalikda kuylashdi. Ayniqsa, Lola kuylagan “Toshkent-Samarqand” nomli qo‘shig‘i zaldagi ko‘pchilik muxlislarni raqs tushishga chorladi.
Umuman olganda, Lolaning konserti ayollarga haqiqiy tuxfa bo‘ldi.
Lola Yo‘ldosheva konsertga kelgan barcha ayollarni 8 mart xotin-qizlar bayrami bilan tabriklab, ularga baxt-saodat, sihat-salomatlik va mehr-muhabbat tiladi
Ikrom Rahmon