Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Jumong-soundtreck
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Ishq Ertagi - Title sound
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Merlin-Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Qaqnus - Mal De music
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Ayol er yaqinlarini hurmat qilmasa, nima qilish kerak?


Er-xotin suhbatlashib o‘tirar ekanlar gap orasida er xotiniga:
– Yaqinlarimni, aka- ukalarim, jiyanlarimni sog‘indim. Sizdan iltimos Xonim, ertaga shirin ovqat pishirib, dasturxon bezasangiz. Bugun ularga qo‘ng‘iroq qilib taklif qilaman. Yig‘ilmaganimizga ham ancha bo‘libdi, – debdi.

Ayol norozi ohangda, xushlamay:
– Mayli kelaverishsinchi, Xudo xohlasa bir gap bo‘lar! – debdi.
Eri:
– Unday bo‘lsa, ularni ertaga chaqiraman… – debdi.
Tong otibdi. Odatdagidek er ishga ketib, soat 13:00 da esa, uyga yetib kelibdi.
Ayolidan:
– Tushlik uchun dasturxon tayyormi? Yaqinlarim birozdan so‘ng kelib qolishadi? – deb so‘rabdi.
Ayol:
– Yo‘q, tayyorlamadim. Begona emaslar – ku, yaqinlaringiz axir, uydagi bor narsadan yeyaverishadi, – debdi.
Er:
– Alloh sizni kechirsin, Honim! Nima uchun biron narsa pishirish niyatingiz yo‘qligini kecha aytib qo‘ymadingiz, hozir kelib qolishadi nima qilamiz endi?! – debdi.
Ayol:
– Ularga qo‘ng‘iroq qilib kelmasliklarini ayting, uzr so‘rang, vassalom. Axir begona emaslar, sizning yaqinlaringiz-ku? To‘g‘ri tushunishadi! -debdi.
Er g‘azablanib uydan chiqib ketibdi. Bir necha daqiqa o‘tar – o‘tmas eshik taqillabdi. Ayol borib eshikni ochib, hayratdan dong qotibdi!…

Chunki qarshisida o‘zining ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, jiyanlari turar edilar.
Otasi qizidan:
– Kuyovim qani? – deb so‘rabdi.
Qizi:
– Biroz oldin chiqib ketuvdilar… – debdi, zo‘rg‘a.
Otasi:
– Kecha ering bizlarni bugungi tushlikka taklif qilgandi. Baraka topgur, bizlarni chaqirib o‘zi ketib koldimi, a? – debdi.
Ayolni chaqmoq urgandek bo‘libdi. Terlab ketgan qo‘llarini bir-biriga ishqalar ekan, o‘ylay ketibdi: «Axir uydagi narsalar bilan yaqinlarini kutib ololmaydi, yo‘q-yo‘q ularga to‘g‘ri kelmaydi! Erining yaqinlariga bo‘laveradi – yu lekin, o‘zining uyidagilariga bo‘lmaydi axir… Qanday qilib ularga oddiy, ko‘rimsiz dasturxon qilishi mumkin?»
Ayol eriga qo‘ng‘irok qilib:
– Nimaga tushlikka mening yaqinlarimni chaqirganingizni aytmadingiz? – deya so‘rabdi.
Eri:
– Mening yaqinlarimmi, siznikimi nima farqi bor? – debdi.
Ayol:
– Sizdan o‘tinaman Hojam! Uyda tayinli narsa yo‘q, ovqat qilmaganman. Biron – bir tayyor taom keltira qoli-i-ing… – debdi.
Eri:
– Men hozir uydan uzoqdaman. Ustiga – ustak ular begona emas «sizning yaqinlaringiz»! Ularga ham mening yaqinlarimga bermoqchi bo‘lganingiz, uydagi bor narsalar bilan mehmon qilaqoling!
Toki bu senga dars bo‘lsin. Mening yaqinlarimni ham hurmat qilishni o‘rgan! – debdi.



Manba:hordiq.uz

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 4376 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ayol, er, yaqinlari, munosabat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное