Avstraliyaliklar quyosh batareyalarida ishlovchi sportkar yaratishdi
Avstraliyaning EVX kompaniyasi akkumulyatorlari quyosh batareyalaridan quvvatlanuvchi The Immortus elektr sportkarini yaratishdi. Autoyevolutoion nashrining ma’lum qilishicha, yangi avtomobil AQShda noyabrda bo‘lib o‘tadigan SEMA tyuning-shousida namoyish qilinadi.
The Immortus’ning uzunligi 5 metr, eni 2 metr, balandligi 1,1 metrni tashkil qiladi. Elektrokarning g‘ildiraklar bazasi 2,5 metrga teng. The Immortus saloni ikki kishiga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, elektromobilda kichkina o‘lchamdagi yuk uchun joy ham mavjud.
The Immortus bir juft elektr dvigatellar yordamida harakatga keltiriladi. Dvigatellarning umumiy quvvati 40 kilovattni (54 ot kuchini) tashkil qiladi. Avtomobil 100 km tezlikka 7 soniyada erishadi, maksimal tezligi soatiga 150 km ni tashkil qiladi.
The Immortus’ning maksimal yurish zaxirasi 550 km ni tashkil qiladi. Avtomobil maydoni 7 kvadrat metrni tashkil qiladigan quyosh batareyalaridan oladigan quvvatining o‘zi bilangina soatiga 60 km tezlik bilan harakatlana oladi.
Elektrokar seriyali tarzda ishlab chiqarilishi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.