14 aprel kuni “Visente Kalderon” o‘yingohida YeChLning chorak final bosqichidagi birinchi ikki uchrashuvdan bir “Atletiko” va “Real” o‘rtasida o‘tkazildi. Bu derbi bahsida hisob ochilmadi va “Real” ketma-ket yettinchi o‘yinda ham hamshaharlarini mag‘lub etishning uddasidan chiqmadi.
O‘yinda mezbonlar hisoblangan Diego Simeone shogirdlari to‘liq himoyaviy o‘yin ko‘rsatishdi va sloveniyalik darvozabon Yan Oblakning mahorati evaziga darvoza daxlsizligini saqlab qolishdi.
Endi javob o‘yini 22 aprel kuni “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tadi va “matraschilar” bu o‘yinda ortiqcha bosimsiz harakat qilib, birinchi bo‘lib gol urish evzaiga vaziyatni o‘z tomonlariga og‘dirishlari mumkin bo‘ladi.
Atletiko – Real 0:0
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Miranda, Godin, Sikeyra, Suares, Turan, Gabi, Koke (Torres, 83), Grizmann (Garsiya, 77), Manjukich.
Real – Kasilyas, Ramos, Karvaxal (Arbeloa, 85), Varan, Marselo, Beyl, Xames, Kroos, Modrich, Benzema (Isko, 76), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Mandjukich (55), Garsiya (80), Ramos (80), Suares (85), Marselo (89).
|