Asilbek Negmatov san’atni tark etish fikridan qaytdi
O‘tgan hafta mobaynida internet tarmoqlarida xonanda Asilbekning ijodni tark etishi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
Asilbekning o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda va intervyularda “Endi boshqacha hayot quraman, san’atni umuman tark qilib, boshqa ishning boshini tutaman” tarzida fikr bildirib keldi. Ammo bu haftaga kelib xonanda fikridan qaytganligini bildirdi.
“To‘g‘risi o‘sha paytda og‘ir depressiya holatida edim, shu sababli san’atni tark etaman degan xulosaga keldim, – dedi u “Darakchi” muxbiri bilan suhbat chog‘ida. – Ammo yaqinlarim, ashaddiy muxlislarim fikrimga qarshi chiqishdi. Bu fikrimning noto‘g‘ri ekanligini anglab yetgan holda bunaqa niyatdan voz kechdim. Ashaddiy muxlislarim uchun kuylashda davom etaman”.