Kinorejissyor Jahongir Ahmedovning ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgan navbatdagi “Asal oyi” nomli filmining ilk namoyish etiladigan sanasi ma’lum bo‘ldi. Kartina premerasi 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Misr davlatlarida suratga olingan bu kinokartinada bosh rollarni Azamat Axrorov, Shahzoda Muxammedova, Muhammadiso Abdulxayirov, Dilshod Mirzamurodov ijro qilgan. Demak, siz kutgan romantik komediya namoyishiga oz qoldi. Film taqdimotidan qaynoq ma’lumotlarni kutib qoling.