Argentina osmoni uzra katta o‘lchamdagi olovli shar uchib o‘tdi
Argentinada minglab odamlar falakda olovli shar uchib o‘tganining guvohi bo‘ldilar. Voqea guvohlari ijtimoiy tarmoqlarda darhol bu holat aks etgan fotosuratlar va videoyozuvlar bilan bo‘lishishni boshladilar.
Astronomlarning aytishicha, bu meteor bo‘lgan. Meteorlar – asteroidlar va kometalarning mayda bo‘laklari bo‘lib, doimiy ravishda Yerni “bombardimon” qilib turadilar, biroq ulardan aksariyati atmosferada to‘liq yonib ketadi. Argentinadagi holat shunisi bilan e’tiborliki, uni minglab odamlar smartfon va kameralarga yozib oldilar.
Mutaxassislarning baholashicha, YouTube “yulduziga” aylangan Argentina osmoni uzra uchib o‘tgan ushbu meteorning o‘lchami 1 metrdan katta bo‘lmagan. Uning yashil yorug‘lik bilan borishi esa ionlashgan qizigan kislorod aynan shunday tus olishi bilan tushuntiriladi.
Sayyoramiz atmosferasida yonib yo‘q bo‘lib ketgan ushbu jismni nafaqat Argentinada, balki Urugvay va Braziliyaning janubida ham ko‘rish mumkin bo‘ldi.