Antaliyada 14 nafar o`zbekistonlik qiz qo`lga olindi
Turkiyaning Antaliya kurort shahrida fohishabozlikka qarshi kurash haftaligi bo`lib o`tdi, natijada 100 dan ortiq kishi, shu jumladan, noqonuniy xizmatlarni ko`rsatish tashkilotchilari qo`lga olindi, deb yozadi “Daryo”.
Antaliya shahrining Guzeloba tumanida o`tkazilgan shu yildagi eng yirik reyd natijasida 84 nafar qiz hibsga olindi, ularning 22 nafari — Qirg`iziston, 20 nafari — Turkiya, 14 nafari O`zbekiston, 9 nafari — Gruziya, 5 nafari — Rossiya, 4 nafari — Ukraina, 3 nafari — Dominikana, 2 nafari — Moldova, 2 nafari — Eron hamda yana uch nafari Qozog`iston, Nigeriya va BAA fuqarolaridir.
Tibbiy tekshiruv o`tkazilgach, qo`lga olingan qizlarning uch nafarida OITS kasalligi aniqlandi.