Anjelina Joli va Bred Pitt munosabatlarni qayta tiklamoqda
Anjelina Joli va Bred Pitt oilasining biogarfi Yan Galperinning xabar berishicha, yulduzli juftlik oilaviy munosabatlarni yangilashga qaror qilgan. Bu haqda The Sunnashriga tayanib, “Korrespondent.net” ma’lum qilmoqda.
Galperinning so‘zlariga ko‘ra, Joli va Pitt do‘stlarining uyida uchrashgan. Shunda ular ko‘z yoshini to‘xtatib tura olmagan va bir lahza bir-birini quchgan. Biografning ta’kidlashicha, munosabatlarni qayta tiklashda birinchi qadamni Berd Pitt tashlagan.
Xabar qilinishicha, juftlik munosabatlarni avvalgi holatga qaytarish uchun birgalikda oilaviy reabilitatsiya kurslariga qatnaydi. Biroq aktyorlar ajrashish jarayonini to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
Anjelina Joli va Bred Pittning 12 yillik hayotdan keyingi ajrashuvi haqida 2016-yilning sentabr oyida ma’lum bo‘lgan edi.