Facebook ijtimoiy tarmog'idagi «Voditeli Tashkenta» guruhiga foydalanuvchilardan biri tomonidan «Andijon — mana shunaqa! (Nu vot takoy andijan!)» izohi bilan surat joylashtirildi.
Bu suratda odatda traktorlarga tirkaladigan tirkamani tortib ketayotgan Chevrolet Cobalt mashinasini ko'rish mumkin.
Foydalanuvchilarning katta qiziqishiga sabab bo'lgan bu post ostida o'nlab izohlar qoldirilgan.
Ulardan biri bunday holatlar tufayli viloyatlarda minilgan mashinalarning narxi tezda pasayib ketishini aytib o'tgan. Yana bir foydalanuvchi esa "g'oya uchun 5, xavfsizlik sharoiti uchun esa 1" qo'ygan.
Shuningdek, "dehqonchilik bo'lgandan keyin" deya shama qilib o'tganlar bor.
Cobalt bunday tirkamani torta olishiga shubhalar bildirilgan, yana bir foydalanuvchi bu holat haydovchining ham, atrofdagilarning ham xavfsizligi uchun tahdid ekanligini qayd etgan.
Bir izohda "Chevrolet Cobalt endi mana shunday katta aravalari bilan birga tavsiya qilinayotgani" haqida, yana birida bu transportning nomi "Trakbolt" ekani haqida o'qish mumkin.