22 noyabr kuni ertalab Amerikaning Texas shtati shossesida yuzga yaqin
mashina to'qnashgan. KFDM Channel 6 tarqatgan ma'lumotga ko'ra, halokat
natijasida 50 dan ziyod kishi jabrlangan, yana bir kishi esa halok bo'lgan.
Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, shu yaqin atrofda joylashgan beshta kasalxonaga
51 nafar jabrlangan kishi etkazilgan. Jabrlanganlarning sakkiztasi og'ir
ahvolda. Odamlarni mashinalardan chiqarib olish uchun qutqaruvchilar maxsus
texnikadan foydalanishiga to'g'ri keldi. YTH tufayli avtomagistralning ikkala
tomonidagi harakat vaqtinchalik yopib qo'yildi. Soat 12.00 da harakat g'arbiy
yo'nalishda tiklandi. Sharqiy yo'nalish faqat 8-10 soatdan keyin ochilishi
kutilmoqda. Halokat sabablari ma'lum qilinmayapti, ammo OAV tarqatgan
ma'lumotlarga ko'ra, ertalab shosseda kuchli tuman bo'lgan. 2012 yil yanvarida
shunday tuman Texasda oxirgi yillarda yuz bergan eng yirik halokat sababiga
aylangandi