Amerika polisiyasi 13 yil oldin yo‘qolgan bolani topdi
Amerika polisiyasi 13 yil avval yo‘qolgan bolani topdi. CNN telekanali ma’lumotiga ko‘ra, bolakay o‘z otasi tomonidan o‘g‘irlangan.
Hulian Ernandes 2002 yilda, Alabamada besh yoshdaligida bedarak ketgandi. U onasining vasiylik huquqi ostidagi bo‘lgan.
WKYC telekanali xabariga ko‘ra, maxsus xizmat vakillari 18 yoshga to‘lib, kollejga hujjat topshirayotgan Hulian o‘z ijtimoiy sug‘urta kartasi raqamini ko‘rsatganidan so‘ng, uni kuzata boshlashgan.
Ma’lum bo‘lishicha, otasi Hulianga bergan karta raqami soxta bo‘lib chiqqan. Shundan so‘ng bola maktabdagi psixolog-maslahatchilarga murojaat qilgan. Maslahatchilar esa Hulian yo‘qolgan bolalar federal ro‘yxatida ekanligini aniqlagan va Federal qidiruv byurosiga (FQB) xabar qilgan.
Qonun himoyachilari soxta nom bilan yashayotgan Hulianning otasi Bobbi Ernandesni Ogayo shtatida qo‘lga tushirdi. Bobbi Ernandes bilan birga u yashayotgan uyda noma’lum ayol va ikki yosh bola ham bo‘lgan.
Bobbi Ernandes Ogayo shtati hukumati tomonidan qo‘lga olindi. Unga Ogayoda 2012 yilning mart oyida haydovchilik guvohnomasini olishda hujjatlarini qalbakilashtirish aybi qo‘yildi. Alabama shtatida esa unga yosh bolani o‘g‘irlashda ayblanib jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.