Alisher Uzoqov kimni quchoqlab, tinmay o'pib oldi?
Alisher Uzoqov kecha instagram sahifasida bir taniqli insonni uchratib qolganidan juda baxtiyor ekanligidan to'lqinlanib gapirgan.
— Mukambar Rahimova. Meni dublyajdagi eng birinchi ustozim! Ularni ko'rmaganimga taxminan 20 yil bo'libdi. Ular meni bugun ko'rib, ancha ulg'ayganimni va rahmatli otamga o'xshab qolganimni aytdilar! O'zbek SSSR dublyajidagi tirik afsona Mukambar Rahimovaning shogirdlaridan biri ekanimdan, shunday insonning tarbiyasini ola bilganimdan baxtiyorman! Yana bir bor «Men eng baxtli aktyorman!» Dublyajni yaxshi ko'raman!
Ularni ko'rganimdagi holatimni ko'rsangiz edi… Quchoqlab, tinmay o'pib oldim… Bolaligim esimga yaxshigina tushdi! Umringiz uzoq bo'lsin, ustoz!