Aktyor, qo‘shiqchi va teleboshlovchi Aleksey Dayneko 13 iyunga o‘tar kechasi 47 yoshida vafot etdi. Bu haqida uning turmush o‘rtog‘i Yelena Logaskaya o‘zining Facebook'dagi sahifasida yozib qoldirdi.
"Bugun Alyoshani yo‘qotdik... Bunga ishongim kelmaydi", - deb yozdi u.
Logaskaya TASS axborot agentligiga "o‘lim sababi aniqlanmoqda" dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Aleksey Dayneko tungi soat 00:30 larda hayotdan ko‘z yumgan.
Uning turmush o‘rtog‘i tergov organlari bilan ish olib borishini bildirgan. Hozirgi vaqtgacha faqat Daynekoning 1 iyun kuni oyog‘i singani ma’lum, xolos.
Aleksey Dayneko 1970 yilning 5 iyunida tavallud topgan. 1993 yilda GITISni tugallab, Rossiya armiyasining Markaziy akademik teatrida faoliyat yuritgan, "Planeta svyazi" teleko‘rsatuviga boshlovchilik qilgan.
Aktyor «Metod Lavrovoy-2», «Sekunda do...», «Karpov», «Imperiya pod udarom», «Vtoroy uboyniy», «Dalnoboyщiki-3», «Balzakovskiy vozrast, ili Vse mujiki svo...», «Chto skazal pokoynik» seriallarida suratga tushgan.