Aktrisa Ra’no Shodiyeva yaponlarga achinishini aytdi
“Bizning uylarimiz yaponlarning uylari oldida go‘yo qasr", – deydi aktrisa.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva “Dunyo bo‘ylab” telekanali orqali 13 yanvar kuni soat 20:05 da efirga uzatilgan “Suhbatda sayohat” nomli ko‘rsatuvda qachonlardir Yaponiyada bo‘lganini aytib, sayohat xotiralarini bo‘lishdi.
“Bizning uylarimiz yaponlarning uylari oldida go‘yo qasr. Yaponlarning pana-patsqam, juda kichkina, tor uylarda yashayotganlarini ko‘rib, ularga achinganman. Hatto bir oilada, bir nechta mashina bo‘lsa ham ularni joylashtirishga imkoniyat yo‘q. Uylarning ko‘plarida mashinalarni qo‘yish uchun juda kam joy ajratilgan. Quruvchilar shunday loyihadan foydalanishganki, bir qavatga mo‘ljallangan avtoturargoh o‘rniga ikki qavatlisi qurilgan”, – deydi aktrisa.