Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Afg‘onistondagi portlash o‘n nafar bolani hayotdan olib ketdi
Afg‘oniston g‘arbiy qismidagi Hirot shahrining chekka qismida joylashgan, tabiiy gaz saqlanadigan hududda 25-avgust, seshanba kuniga o‘tar kechasi yuz bergan bir qator portlashlar oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Ulardan o‘n nafari bola bo‘lgan, deb xabar beradi “News.tj”.

Ma’lum bo‘lishicha, tabiiy gaz saqlanadigan hududda harakatlanayotgan yuk mashinasidagi bir nechta gaz kanistri portlab ketgan. Portlash shunchalik kuchli sodir bo‘ldiki, yonayotgan yuk mashinasini shu atrofda joylashgan lager devoridan ichkariga uloqtirib yubordi.
Hodisa natijasida kamida 18 kishi jabrlandi, ulardan to‘rt nafari 90 foizdan ortiq kuyish jarohatini olgan. Kanistrning portlashi hududdagi gaz saqlanayotgan idishlarning ham yonishiga olib keldi. Oqibatda kamida beshta portlash yuzaga keldi.
Portlash sabablari aniqlanmoqda.

 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3378 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Afg‘onistondagi portlash o‘n nafar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
BaBy_DiNoOo Becora bolakaylar
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное