Afg‘onistonda 8 nafar politsiyachi jangarilar hujumi qurboni bo‘ldi
Afg‘onistonda kamida sakkiz nafar politsiya xodimi jangarilar hujumi qurboni bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tolo News telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, politsiyachilar kiyimida bo‘lgan jangarilar Kobul—Qandahor avtotrassasida huquq-tartibot xodimlariga qarata o‘t ochgan.
Mazkur hujum uchun javobgarlikni hozircha hech bir guruh zimmasiga olmagan.