62 yoshli bokschi, aktyor Mikki Rurk yana ringga chiqmoqdchi
Amerikalik mashhur aktyor Mikki Rurk shu yilning yozida professional ringda yana jang o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deya yozadi olamsport.com nashri.
62 yoshli Rurkning agenti Vadim Kornilov bu ma’lumotni tasdiqladi. Lekin hozircha jangning aniq sanasi, manzili va raqib nomi ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Mikki Rurk 20 yillik tanaffusdan ilk bor so‘ng jang o‘tkazib, amerikalik Elliot Seymurni ikkinchi raundda nokaut bilan mag‘lub etgan edi.