5-yanvarga o‘tar kechasi Yerga “yulduzlar yomg‘iri” yog‘iladi
5-yanvarga o‘tar kechasi samoda “yulduzlar yomg‘iri” — Kvadrantidalarni kuzatish mumkin. Naked Science ma’lumotiga ko‘ra, soatiga 120 meteordan iborat oqim bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “Liga” xabar berdi. 17-yanvarda esa Yer yaqinidan Katalina kometasi o‘tib ketadi. Uni oraliq masofa uzoq bo‘lmagani tufayli oddiy binokl yordamida ham kuzatish mumkin bo‘ladi.