Gonkonglik bu bolakayni Endi Li deb atashadi, ammo ota-onasi va do‘stlari uni erkalab Sun-sun deya chaqirishadi. Bu laqab endi uning ijodiy taxallusiga aylandi. Sun-sun pianinoda mohirona chaladi. Uning ijrosidagi bir necha mumtoz musiqa namunalarini tinglab, bunga o‘zingiz ham amin bo‘lishingiz mumkin. Bu - to‘rt yoshli bolakayning sozandalik darajasi!
“Motsartning o‘zi tirilib keldimi”, deyishingiz aniq...