25 aprel kuni Rossiyalik xonanda Jasmin o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi.
Tug‘uruq Moskva klinikalarining birida bo‘lib o‘tdi. Bu yangilik haqida birinchi bo‘lib Jasminning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qilarkan, surati ostiga: “Nihoyat, to‘qqiz oy davomida men kutgan mehmon dunyoga keldi va dunyoda Miron ismli kichkintoy paydo bo‘ldi. Uni qo‘lga olish va erkalash quvonch, judayam katta baxt. Oldinda bizni hali qiziq yangiliklar kutmoqda”, deya qayd etdi.
Ayni damda chaqaloq o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ammo bir oz avval Jasmin intervyularning birida uchinchi farzandiga homiladorlik davri bir oz qiyin kechayotganligini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, xonandaning 18 yoshli o‘g‘li Mizoil, 4 yashar Margarita ismli qizchasi bor.