29-mart kuni Toshkentning Shayxontohur tumani Qoratosh
mavzesida (mo‘ljal — "Korzinka” do‘koni qarshisida) qad ko‘targan "Makro” savdo
markazining (rasmiy nomi "Samarqand Darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazi) barcha
qavatlari o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda foydalanuvchilardan biri
Facebook’dagi "Potrebitel.Uz” guruhida ma’lum qildi.
0-qavatda,
ya’ni savdo markazining yerto‘la qismida birinchi qurilish supermarketi
joylashadi.
Ikkinchi va
uchinchi qavatlar "shopping” markazi bo‘lib, u yerda mashhur xorijiy brendlar
do‘konlari ochiladi. Do‘konlar erkaklar, ayollar, yoshlar va bolalar kiyimlari,
to‘y liboslari, qishki kiyimlar, zargarlik buyumlari, soatlar, sovg‘alar, oyoq
kiyimlari, uy uchun to‘qimachilik mahsulotlari va boshqa turdagi buyumlar uchun
mo‘ljallanadi. Ular orasida Colin’s, US Polo Assn., Celio, Louvre kabi mashhur
brendlar bo‘lishi kutilmoqda.
Gipermarketning
to‘rtinchi qavatida oilaviy ko‘ngilochar markaz joylashadi. U yerda
o‘yinchoqlar do‘koni, o‘yin markazi, bouling, kinoteatr, qo‘g‘irchoq teatri
xizmatidan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Eng yuqori
qavatdan restoran va kafelar o‘rin oladi. Ular turk, rus va o‘zbek taomlari,
konditer mahsulotlariga mo‘ljallanadi.
Eslatib
o‘tamiz, 8-dekabr kuni Toshkentdagi "eng katta va eng zamonaviy” deb
ta’riflangan "Makro” savdo markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda gipermarketning
oziq-ovqatlar bo‘limlaridan iborat birinchi qavati ishga tushdi.