28-sentabrda Yevrosiyo, Afrika va Amerika osmonida ulkan qizil Oy ko‘rinadi
Qip-qizil yoki jigarrangdagi ulkan Oyni 28-sentabr kuni ertalab Yevrosiyoning g‘arbiy qismi, Shimoliy Afrika va ikkala Amerika sharqiy qirg‘oqlari aholisi kuzatishi mumkin. Bu haqda Amaliy astronomiya institutiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ushbu effekt Oy tutilishining Oy perigeyi (Oy orbitasining Yerga eng yaqin nuqtasi) bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi tufayli hosil bo‘ladi.
Oy tutilishining maksimal fazasi Toshkent vaqti bilan 28-sentabr 7:47 da bo‘ladi. To‘liq oy tutilishi esa 7:10 dan 8:23 gacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, Yer aholisi 2015-yilda ikki marta oy tutilishi guvohi bo‘lmoqda. G‘arbiy yarim sharda yashovchilar uni 4-aprelda ko‘rgan bo‘lsa, Sharqiy yarim shardagilar esa 28-sentabrda uni kuzatadi.
Avvalroq AQSh Aerokosmik agentligi (NASA) shov-shuvli ravishda taniqli bo‘lgan ruhoniy Jon Xegi shu yil kuzatiladigan ketma-ket oy tutilishlari bilan bog‘layotgan oxirat va meteorit qulashi “aslida mumkin emasligi” va haqiqatga aloqador emasligi haqida rasmiy bayonot bilan chiqqan edi.