REKLAMA

«ORTGA QAYTISH
. MP3 va KLIP Izlash
25 yoshdan keyin bo‘yni o‘stirish usullari


Inson bo‘yi uxlagan vaqtida ham uzayishini bilasizmi? Chalqancha 10 daqiqa yotish davomida bo‘y 5 mm.ga uzayar ekan. Bu holat kun davomida qisilgan umurtqa pog‘onasining bo‘shashishi oqibatida yuzaga keladi.
Yotgan holatda umurtqa pog‘onasi o‘z shaklini sekin-asta tiklab boradi. Tiklangan umurtqa pog‘onasini shu holatida saqlash uchun mashq qilish talab etiladi. Ammo inson 25 yoshdan keyin o‘smaydi-ku, deyishingiz mumkin. To‘g‘ri, bu gapda ham jon bor! Ammo harakat qilib ko‘rsangiz hech narsa yo‘qotmaysiz-ku! Shunday ekan, bir marta urinib ko‘ring...

Velosiped haydash

Velosiped haydash umurtqa pog‘onasiga faqatgina foydali ta’sir ko‘rsatadi. Biroq bu jarayonda velosiped o‘rindig‘ini imkon qadar teparoqqa o‘rnating. Shunda velosiped pedaliga oyoqlaringizni tekkizish uchun cho‘zilasiz. Ammo cho‘zilishni me’yordan oshirib yubormang, aks holda bo‘g‘imlarga zarar yetkazishingiz mumkin.

Turnikda osilib turish

Turnikda tortilish qiyinligini bilgan holda, unda oddiygina osilib turishni tavsiya etamiz. Kuchingiz yetgancha osilib turing. Osilishlar vaqtini sekin-asta oshirib borish orqali orqa va bel mushaklarini mustahkamlaysiz.

Tayanch mashqi

Rasmda ko‘rsatilganidek tura olasizmi? Tayanch holatda turganda bor kuchingiz bilan oyoqlarni yuqoriga ko‘tarishga harakat qiling. Oyoqlarni har tomonga o‘ynatmang. Aks holda, jarohatlanishingiz mumkin.

Qayiqcha mashqi

Rasmda ko‘rsatilgan mashq umurtqa pog‘onasi uchun foydali. U orqa, qorin, dumba, belning orqa tomonidagi mushaklarni cho‘zishga yordam beradi.

Salom mashqi

Oyoqlarni bukmagan holatda oldinga egilib, qo‘l barmoqlarini yerga tekkizishga harakat qiling. Mashqni sekin-asta chuqurlashtirib boring.

Sakrash mashqi

Bir joyda turgancha sakrog‘ichda sakrash ham foydali. Sakrash suyak, mushaklarni quvvatlashishiga yordam beradi. Bu mashqni muntazam bajarish esa bo‘yingizga bir necha santimetr qo‘shilishi uchun yordam beradi.

Ko‘prikcha mashqi

Yelkalarga tayangan holatda tananing o‘rta qismini ko‘tarish umurtqaning pastki sohalarini mustahkamlashga, press va dumba mushaklarining baquvvat bo‘lishiga yordam beradi.

Suzish

Suvda suzish bo‘yni uzaytirishga yordam beradi. Chunki suzgan vaqtda umurtqa pog‘onasi va pog‘onalararo disklarga bosim kam tushadi. Qolaversa, suvda harakat qilish orqali bo‘g‘imlarning faolligi ortadi. Bu esa bo‘yni o‘stirishga yordam beradi.

Qo‘shimcha
Ovqatlanish tartibiga amal qilish, to‘g‘ri uxlash ham bo‘y o‘sish jarayoniga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Tarkibi kalsiy, temir, D vitaminlari va mikroelementlarga boy mahsulotlar iste’molini kuchaytirish kerak. Uxlaganda esa qattiq to‘shakda yotishga harakat qiling.
Yuqorida ko‘rsatilganlarining bari umurtqa pog‘onasini uzaytirishga va qomatni tik tutib yurishga yordam beradi.


Manba: "xabardor.uz"
  Qo'shildi: 02.01.2020 | Ko'rib chiqildi: 5133

Reklama
. Qashqirlar Makoni Pistirma (Yangi qism)
. CHUQUR 2 MAVZUM (Yangi Qismlar)
O'xshash Yangiliklar
Nega Fikringizni bildirmaysiz? Izoh Qoldiring
Barcha Izohlar: 0
                 
Имя *:
Email:
Код *:
SAYT SMAYLIK KO'DLARI

Eslatma: Sayt xodimlari o'zlariga yoqmagan izohlarni faollashtirmaslik va ogohlantirmasdan o'chirish huquqiga ega. Izohlar haqida to'liq ma'lumot mana bu yerda (bosing)
MP3 va KLIP Izlash
MA'LUMOTLAR
. Qiziqchilar Askiyasi
 Komediya film va Seriallar HD
 Mobile Jingillar (Goodok)
BIZNING HAQIQIY PROFIL
                   
Saytimizda uchrayotgan xatoliklar, kamchiliklar va qo'shimcha takliflaringiz haqida Bu Yerda yozib qoldiring!
Biz bilan aloqa | A'zo bo'lish