2021-yilning eng ko‘p maosh oluvchi aktyori unvonini rasman britaniyalik Deniel Kreyg oldi. Qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, ushbu summaning aksariyatini Kreyg Universal Pictures’dan emas, balki “Merosxo‘rlar” filmi davomi uchun huquqni sotib olgan Netflix striming platformasidan ishlab topgan. Ko‘rinishidan, studiya boshliqlari Kreygni komediya detektivi Rayan Jonsonning barcha davomiy filmlarida ishtirok etishini kutmoqda. Biroq “O‘lish vaqt emas” filmi ham aktyorning shaxsiy hisobini boyitganini istisno qilib bo‘lmaydi.