Ma'lumki, mazkur o'yinlarni o'tkazish uchun hal qiluvchi bosqichda Istambul (Turkiya), Tokio (Yaponiya) va Madrid (Ispaniya) shaharlariga ovoz berildi.
Ovoz berish jarayonining birinchi bosqichida - Tokio 42 ovoz, Madrid va Istambul 26 tadan ovoz to'pladi (qo'shimcha ovoz berish yakunlariga ko'ra Istambul shahri g'oliblikka erishdi 49 - 45).
Ikkinchi bosqichda Tokio shahri 60 ovoz to'plagan bo'lsa, Istambul shahriga 36 ovoz berildi.
Shu tariqa 2020 yilgi Olimpiada o'yinlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o'tkaziladigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, 1964 yili Tokio shahrida yozgi Olimpiya o'yinlari o'tkazilgan. Bundan tashqari 1998 yilgi qishki Olimpiya o'yinlariga Yaponiyaning yana bir shahri Nagano mezbonlik qilgan, deb xabar beradi O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati.