2015-yilning eng mashhur ayollari reytingi e’lon qilindi
AskMen erkaklar internet-portali tahririyati 2015-yilning eng mashhur ayollari reytingini tuzdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Unda birinchi o‘rinni britaniyalik aktrisa, BMT yaxshi niyat elchisi Emma Uotson egalladi.
Ikkinchi o‘rinni sportchi Ronda Rouzi, uchinchi pog‘onani esa teleyulduz Kim Kardashyan band etdi.
Reyting mushtariylar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish va turli sohalar ekspertlaridan konsultatsiya olish orqali tuzildi. Muharrirlar bunda asosiy mezon sifatida “Qaysi ayol hayotingizga eng ko‘p ta’sir o‘tkazmoqda?” — degan savoldan foydalandi.
To‘liq ro‘yxat quyidagicha:
Emma Uotson (aktrisa va jamoat arbobi)
Ronda Rouzi (sportchi, aralash jang san’ati)
Kim Kardashyan (teleyulduz)
Teylor Svift (qo‘shiqchi)
Lindsi Vonn (sportchi, chang‘i)
Elizabet Xolms (Theranos kompaniyasi rahbari, dunyoda eng yosh milliarder ayol)
Beyonse (qo‘shiqchi)
Amal Kluni (huquqshunos, aktyor Jorj Klunining rafiqasi)