Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Soundtreck-Великолепный Век
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Pazanda - Sad Love
. Qo'rqmas - soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Titanik-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. IRIS-soundtreck [New 2012]
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

1 Xitoy virusi: u nima? Vahimaga sabab bormi?


Xitoyda yangi tipdagi koronavirusini yuqtirganlar soni oshib bormoqda. Uning tarqalishi dekabr oxirida Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida boshlangan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiya yuqtirganlar soni 600 kishidan ko‘proqni tashkil qiladi. Vafot etgan 18 kishidan 17 tasi Xubey provinsiyasidan bo‘lsa, bir kishi Xebeydan tashqarida yashovchi odam ekani ma’lum bo‘ldi.
Kasallanganlar asosan Uxanda va u joylashgan Xubey provinsiyasida, shuningdek, Pekin va Shanxayda qayd etilgan. Yaponiya, Tailand, Janubiy Koreya, Singapur va AQShda ham kasallanganlar aniqlangan. Pnevmoniyaning ilk qurboni 11-yanvarda vafot etdi.

Bu qanday virus?
JSST va Xitoy hukumati 2019-nCoV virusini avval odamlarda uchramagan koronaviruslar oilasiga taalluqli deb topishdi. Avvallari, kasallik zararlangan mahsulotlar orqali tarqaladi deb hisoblashgan, hozir esa virus odamdan odamga yuqishi mumkinligi tasdiqlandi.
Infeksiyaning umumiy belgilari respirator simptomlarni, tana haroratining oshishi, yo‘tal va nafas olishning qiyinlashishini qamrab oladi. Og‘ir holatlarda infeksiya pnevmoniya (zotiljam), buyrak yetishmovchiligini keltirib chaqiradi va o‘lim bilan tugaydi. Inkubatsion davri 5-7 kun davom etadi.

Qayerdan paydo bo‘ldi?
Xitoyda 2002-yil epidemiyasi haqidagi xotiralar hali ham bor, o‘shanda koronavirus keltirib chiqargan og‘ir o‘tkir respirator sindrom (SARS) 8098 ta bemordan 774 tasining o‘limiga olib kelgan edi. Shuning uchun yangi epidemiyaning dastlabki bosqichdagi masshtablari ommaviy vahima keltirib chiqarmoqda.
Yangi viruslar hayvonlardan odamlarga o‘tib, tez-tez paydo bo‘lib turibdi. Masalan, yuqorida eslangan SARS virusi Himolay mushugidan tarqalgan – ularni Xitoy janubida iste’mol qilishadi. Bu hayvonlarga kasallik ko‘rshapalaklardan o‘tgan. Ko‘rshapalaklar 2013-yil epidemiyasi – MERS virusi tarqatuvchilari bo‘lgandi. Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) odamga kasallangan bir o‘rkachli tuyalardan o‘tgan.

2019-nCoV virusining manbasi hali noma’lum, ammo olimlar uning o‘chog‘i Uxan shahridagi hayvonlar, qushlar va dengiz mahsulotlari sotiladigan bozorda joylashgan deb taxmin qilishmoqda. Qaysidir hayvonlar ko‘rshapalaklardan virusni yuqtirgan bo‘lishi ham mumkin.

Epidemiologlar ta’kidlashicha, kasallikning aynan Xitoyda tarqalishiga ikkita omil bor: aholi zichligi va hayvonlar bilan kuchli aloqa. “Keyingi kasallik xuruji ham Xitoyda yuz bersa, ajablanarli emas”, – deydi Edinburg universiteti professori Mark Vulxaus.

Virus qanchalik xavfli?
Yangi koronavirus xavfliligiga ko‘ra o‘rtacha pozitsiyani egallaydi. Epidemiologlarning fikricha, infeksiyaning yangi to‘lqini SARS va MERS viruslariniki singari oqibatlarga olib kelmaydi.

Bundan tashqari, Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti Ebola virusi bilan bo‘lgan vaziyatdagi singari xalaqaro darajada favqulodda holat e’lon qilish-qilmaslik borasida bir to‘xtamga kelgani yo‘q.

Xitoy hukumati va boshqa davlatlar qanday chora ko‘rmoqda?
Infeksiya yoyilmasligi uchun kasallanganlar izolyatsiya qilingan. Xitoy aeroportlarida yo‘lovchilarni qo‘shimcha tekshirish amalga oshirilmoqda, jumladan, kasallikning birinchi belgisi – yuqori haroratni aniqlaydigan uskunalar bilan tekshirish amalga oshirilmoqda. Uxandagi dengiz mahsulotlari bozori yopildi. Xitoy hukumati 14 ta viloyatda 54 ta patsientni pnevmoniyaniki bilan o‘xshash simptomlari mavjudligi uchun karantinga joyladi. AQSh va Osiyo mamlakatlarida Uxandan kelgan sayohatchilarni tekshirish kuchaytirildi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4740 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: u nima? Vahimaga sabab bormi, 1 Xitoy virusi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
podsnejnik Xudo saqlasin. Õzlarida qolsin õsha davlatlarni kasalliklari
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное