Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

1 iyundan tadbirkorlar uchun soliq ma’murchiligi soddalashtiriladi


Joriy yilning 1 iyunidan tadbirkorlar uchun soliq ma’murchiligi va tekshirishlar tizimi soddalashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 15 aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mol-mulk solig‘ini hisoblash tizimi bozor tamoyillariga o‘tkazilganini inobatga olib, qo‘shimcha yuqori soliq stavkalarini qo‘llash tartibi bekor qilinadi. 

Shuningdek, aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasi dastlabki o‘rganishsiz, avtomatik tarzda beriladi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilda tadbirkorlarning faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlar soni 1,7 barobarga oshib, 86 mingtani tashkil etgan. Bu tadbirkorlar tomonidan ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lyapti. Shu sababli, tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarni oldini olish uchun, endi 22 ta turdagi tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshiriladi (hozirgi kunda 159 turdagi tekshiruvdan 119 tasiga ruxsat olinadi).

Bundan tashqari, yuqori xavf darajasi mavjud bo‘lgan tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini to‘xtatib qo‘yishdan oldin xabardor etish tartibi joriy etiladi.

“Oxirgi soliq ma’murchiligi bo‘yicha o‘zgarishlar tadbirkorlar o‘rtasida ko‘plab tushunmovchilik va savollarni keltirib chiqardi. Shuning uchun, topshirig‘imga ko‘ra, Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasi huzurida yirik tadbirkorlar, olimlar va faol jamoatchilar ishtirokida Jamoatchilik kengashi tuzildi”, deydi Prezident.

Davlat rahbari yig‘ilish davomida Moliya vazirligi va DSQga har hafta tadbirkorlar bilan uchrashish va ijtimoiy tarmoqlar orqali tushgan savollar hamda tizimli masalalarni muhokama qilish, ularning yechimi bo‘yicha takliflar kiritib borishni topshirdi.

Ruxsatnoma berish talablarini soddalashtirish ham tizimli ravishda davom ettirilishi ta’kidlandi. Bugungi kunda 200 dan ortiq sanitariya talablari mavjud bo‘lib, ularning 20 tasiga amal qilishning umuman imkoni yo‘q. Shu munosabat bilan:

•  ovqatlanish korxonalari uchun sanitariya talablarini qayta ko‘rib chiqib, eskirgan talablarni bekor qilish;

•  yetkazib berish xizmatlari bilan shug‘ullanadigan korxonalarga sanitariya talablarini soddalashtirish vazifasi qo‘yildi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2252 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ma’murchiligi, tadbirkorlar, soliq, soddalashtiriladi, Uchun, 1 iyundan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное