1 dekabrdan Milliy TV O‘zbekistonning 11ta mintaqasida paydo bo‘la boshladi
Yangi Milliy telekanalining raqamli televideniye orqali uzatish Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida boshlandi.
Milliy TV’ni ulash uchun televizor yoki resiverning(tyuner) avtoqidiruv tizimidan foydalanib kanallar qatoriga qo‘shish talab etiladi.
Yaqin kunlarda Milliy TV’ni Xorazm, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida yashovchi teletomoshabinlar ham ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Shunday qilib, dekabr oyining oxirigacha Milliy TV dasturlarini butun O‘zbekiston bo‘ylab kuzatish imkoniyati mavjud bo‘ladi.