Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19 yanvar kuni Toshkentda havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo'ladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo'ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo'ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 3 darajagacha sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo'ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo'ladi.
Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo'ladi.
Respublikamizning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Qor ko'chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo'ladi.