Yuragida ne dard zarbi bor
Olis yurtda yurganlar bedor
Bo`lsin deya olloh o`zi yor
Yod yurtlarda risqin terganlar
Musofirlik nonin yeganlar
Qushdak uchib asl bog`idan
Goho kechib yo`g`u boridan
Havotirda uy ro`zgo`ridan
Jon qadrini shunda bilganlar
Musofirlik nonin yeganlar
Uzoq uzoqda yurganlar
Baxt omadin izlaganlar
O`z xalqidan uzoq bo`lganlar
Musofirlik nonin yeganlar
Uzoq uzoqda yurganlar
Uzoqda yurt qadrin bilganlar
Yurar so`ngi pushaymon qadar
Musofirlik nonin yeganlar
Mexnat qilib qahratondaxam
Tinim bilmay saratondaxam
To`ydim deya qora nongaxam
Tishin tishga qo`yib kelganlar
Musofirlik nonin yeganlar
Har tong yashar orzu xavasda
Tashvish tugamas xar nafasda
Bolam deya xar nafasda
Musofirlik nonin yeganlar
Uzoq uzoqda yurganlar
Baxt omadin izlaganlar
O`z xalqidan uzoq qolganlar
Musofirlik nonin yeganlar (x3)
Uzoq uzoqda yurganlar
Uzoqda yurt qadrin bilganlar
Yurar so`ngi pushaymon qadar
Musofirlik nonin yeganlar. (x3)
|